SHARQIY XITOY DENGIZI

SHARQIY XITOY DENGIZI, Dunxay — Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz, gʻarbda Xitoyning sharqiy qirgʻoqlari, jan. da Tayvan o., sharqda Yaponiyaning Kyusyu va Ryukyu o. lari, shim. da Koreya boʻgʻozi orqali Yapon dengizi bilan chegaralangan. Mayd. 836 ming km2. Dengizning gʻarbiy qismi materik sayozligida, chuqurligi sharqqa tomon ortib boradi. Eng chuqur joyi 2719 m. Yqlimi mussonli, dovul koʻp boʻladi. Oʻrtacha tra fev. da 5° dan (shim. gʻarbda) 15° gacha (jan. sharqda), avg. da 26°. Yillik yogʻin 1100 — 2200 mm (asosan, yozda yogʻadi). Sharqiy qismida doimiy sharqiy oqim — Shim. Passat iliq oqimi mavjud. Sharqiy Xitoy Dengiziga quyiladigan eng yirik daryo — Yanszi dengizga katta miqsorda chuchuk suv keltiradi, shu sababli gʻarbida suvning shoʻrligi sharqiga nisbatan kamroq (5 — 10%o dan 30—34,5%o gacha). Suv qalqishi yarim sutkalik (7,5 m gacha). Baliq va boshqalar dengiz hayvonlari ovlanadi, tuz olinadi. Yirik portlari: Shanxay, Xanchjou, Ninbo, Szilun, Nagasaki.