SHARQIY SIBIR DENGIZI

SHARQIY SIBIR DENGIZI — Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Novaya Sibir orollari bilan Vrangel o. oraligʻida. Boʻgʻozlar orqali sharqda Chukotka dengizi bilan, gʻarbda Laptevlar dengizi bilan tutashadi. Materik sayozligida joylashgan. Mayd. 913 ming km2. Yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Oʻrtacha chuq. 54 m (eng chuqur joyi 915 m). Shoʻrligi daryolar quyiladigan joyda 5%o dan gʻarbi va shim. da 30%o gacha. Qoʻltiqlari: Chaun gubasi, Kolima, Omulyaxa. Yirik orollari: Novaya Sibir, Medvejiy, Ayon. Dengizga Kolima, Alazeya, Indigirka, Xroma, Katta Chukochya daryolari quyiladi. Iqlimi arktikaga xos, yozi qisqa va salqin, qishi davomli va sovuq. Yozda oʻrtacha tra 0°—2° (shim. da), 2°—4° (jan. da); qishda 26°, —28°. Yiliga 100-200 mm yogʻin tushadi. Shamol taʼsirida suv yuzasining qalqishi 1 m va undan ortiq. Dengizda tyulen, morj, oq ayiq, baliqlardan muksun, chir, omul va boshqalar yashaydi. Sharqiy Sibir Dengizidan Shimoliy dengiz yoʻli oʻtadi. Yirik portlari: Chaun qoʻltigʻidagi Pevek va Ambarchik.