SHARQIY SAMOA

SHARQIY SAMOA — Tinch okeanda gi orollar, Samoa arxipelagining sharqiy qismi. AQSH mulki. Mayd. 197 km2. Aholisining katta qismi polinezlar, rasmiy tili — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — PagoPago shahri (Tutuila o. da). Aholi baliq ovlash va konservalash, kokos yetishtirish bilan shugʻullanadi. AQSHga baliq konservalari va kopra chiqariladi. Pul birligi — AQSH dollari.