SHARQIY OSIYO

SHARQIY OSIYO — Osiyodagi tabiiy oʻlka (baʼzida bir guruh tabiiy oʻlkalar sifatida koʻriladi). Tinch okeanga tutash taxm. 60° va 20° shahrik. lar oraligʻidagi tropik, subtropik va moʻtadil mintaqalarni oʻz ichiga oladi. Relyefi murakkab tuzilishga ega, oʻrtacha balandlikdagi togʻ va togʻliklar (Jugjur, SixoteAlin, Katta Xingan, Sinlin, Nanlin, Kamchatka) va akkumulyativ tekisliklar (Amurboʻyi, Shim.

Sharqiy Xitoy, Buyuk Xitoy) almashinib keladi. Sharqiy Osiyoning katta qismi Gʻarbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida joylashgan. Vulkan koʻp, seysmik faol zona. Iqlimi yozi sernam mussonli va qishi quruq iqlim. Yoz va quz oylarida tayfun qoʻp boʻladi. Tabiiy oʻsimliklari, asosan, shim. da aralash va tayga oʻrmonlari, jan. da keng bargli subtropik va tropik oʻrmonlardan iborat. Qurgʻoqchil hududlarda oʻrmondasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Tekisliklarda aholi zich, katta maydonlar ekinzor. Sharqiy Osiyoda Rossiya va Xitoyning sharqiy qismi. Yaponiya, Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi) joylashgan, baʼzida Filippinni ham shu oʻlka tarkibiga kiritadilar.