SHARQIY GRENLANDIYA OQIMI

SHARQIY GRENLANDIYA OQIMI — Shim. Muz okeanidagi sovuq yuza oqim, Arktika havzasini kesib oʻtuvchi oqimning davomi. Suvining t-rasi Grenlandiya qirgʻoqlari yaqinida 0° dan past, yozda 2,4° gacha. Tezligi 0,9 km/soat. Grenlandiyaning sharqiy qirgʻoqlari boʻylab shim. dan janub tomon yoʻnalgan. Kengligi 350 — 540 km. Aysberg koʻp.