«SHARQ YULDUZI» — adabiy-badiiy va ijtimoiy jurnal. Muassisi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Toshkentda 1 yilda 4-marta nashr etiladi. Dastlab «Oʻzbekiston shoʻro adabiyoti» (1932 yil iyun—iyulda), «Sovet adabiyoti» (1935-yil, yanv.), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» (1935, iyul) nomlarida chop etilgan. 2-jahon urushi yillarida vaqtincha toʻxtatilgan. 1946-yildan hoz. nomda. Sahifalarida Oʻzbekiston va chet el yozuvchilarining badiiy asarlari nashr etiladi. Adabiyot va sanʼatning muhim sohalariga bagʻishlangan adabiytanqidiy, publitsistik maqolalar ham eʼlon qilinadi.
Oʻzbek yozuvchilaridan Gʻ. Gʻulomning «Shum bola» qissasi, Oybekning «Navoiy» romani, A. Qahhor, M. Shayxzoda, S. Abdulla, Mirtemir, Zulfiya va boshqalarning asarlari dastlab «Sharq Yulduzi»da chop etilgan. Jur. ga turli yillarda Oybek, V. Zohidov, Uygʻun, A. Muxtor, H. Gʻulom, Mirmuhsin, Oʻ. Hoshimov, O. Muxtor muharrirlik qilgan; 2005-yildan muharriri Minhojiddin Mirzo. Adadi 1500 nusxa (2005).