SHARQ

SHARQ, sharq nuqtasi — ufq (dunyo tomonlari)ning toʻrt asosiy nuqtasidan biri, shim. ga qarab turgan kuzatuvchining oʻng tomonida. Oʻzbek tilidagi xaritalarda Shq., nem. O (Ost) yoki ing. Ye (East) harfi bilan belgilanadi. Tengkunlik paytida Quyosh Sh. nuqtasiga yaqin yerdan chiqadi. Osmon sferasida Sharq nuqtasi haqiqiy ufq (gorizont) bilan osmon ekvatori kesishadigan ikkita nuqtaning biridir.