SHARTSIZ REFLEKSLAR

SHARTSIZ REFLEKSLAR, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan oʻzgarmas, genotip bilan bogʻliq boʻlgan, yaʼni irsiylanadigan reaksiyasi. «Shartsiz reflekslar» terminini I. P. Pavlov muayyan qoʻzgʻatuvchilarning retseptorlarga taʼsiri natijasida yuzaga keladigan reflekslar (ogʻizga ovqat tushganida soʻlak ajralishi, barmoqqa oʻtkir narsa sanchilganida tortib olinishi va b.)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz reflekslar, asosan, markaziy nerv sistemasining quyi boʻlimlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya dastasi va b.) bilan bogʻliq. Shartsiz reflekslarda qoʻzgʻalishning retseptorlardan effektorga oʻtadigan yoʻli reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari uchun umumiy boʻlib, organizm xattiharakatini doimiy (oʻzgarmas) muhit sharoitiga moslanishini taʼminlaydi.

Shartsiz reflekslar ontogenez va filogenezla. oʻzgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida yoʻqolib boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol boʻla oladi. Odam voyaga yetgan sari yangi (mas, jinsiy) reflekslar paydo boʻla boradi. Voyaga yetgan odam va hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Sh. r. shartli reflekslar bilan qoʻshilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar oʻrtasidagi farq nisbiy boʻlganidan ularni tasnif qilish ancha qiyin. Taʼsirlovchi taʼsiri xususiyatiga va javob reaksiyasining biologik mohiyatiga binoan Shartsiz reflekslarni himoya, oziqlanish, jinsiy, moʻljal olish va b. xillarga ajratiladi. Murakkab bir xil xattiharakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi. Baʼzan instinkt mazmunan Shartsiz reflekslarga tenglashtiriladi.

Zirabuloq togʻlarining shim. gʻarbidagi kichik kon. Choʻkindi togʻ jinslarining Zirabuloq intruzivi bilan tutashgan qismida joylashgan. 1943-y. da ochilgan. Shartsiz reflekslar dagi skarnlar metamorfik slaneslar ichidagi mergelli oxaktoshlar hisobiga hosil boʻlib, linzasimon shaklda uchraydi. Skarn rudalari piroksen, granat, aktinolit, kvars, kalsit, sheyelit, pirit, pirrotin, nontronit, limonit minerallaridan tarkib topgan. Kondagi asosiy ruda sheyelitdir. Sheyelit skarnda granat va kvars bilan birga mayda (2 — 5 mm) donachalar holida deyarli birdek tarqalgan. Skarnlarda pirit koʻp. Kvarssulfid tomirchalar, odatda, skarnlarda joylashgan, baʼzan ular slaneslar ichiga ham oʻtadi.