SHARTNOMA

SHARTNOMA — fuqarolik huquqida ikki yoki bir necha shaxening fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, burchlarini oʻzgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi, bitimniig turi. Shartnomadan kelib chiquvchi fuqarolik huquqiy munosabat ham, shuningdek, yozma ravishda tuzilgan Shartnoma mazmuni bayon qilingan hujjat ham «Shartnoma» termini bilan ataladi. «Shartnoma» soʻzining sinonimi — kontrakt. Fuqarolar va yuridik shaxslar Shartnoma guzishda erkindirlar. Shartnoma tuzishga majbur qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, Shartnoma tuzish burchi qonunlarda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Taraflar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan Shartnomani ham tuzishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Shartnoma toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar, Shartnomaning koʻrinishlari, Sh. tuzish, uni oʻzgartirish va bekor qilish tartibi bayon qilib berilgan (FK, 353 —385moddalar). Xalqaro huquqsagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida xalkaro shartnoma, mehnat huquqidagi Sh. tushunchasi toʻgʻrisida mehnat shartnomasi, tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida tuziladigan fuqarolikhuquqiy Sh. haqida xoʻjalik shartnomasi maqolalariga qarang.