SHARP

SHARP (Sharpe) Vilyam (1934) — amerikalik iqtisodchi, Berklidagi Kaliforniya untini tugatgan, filosofiya d-ri (1961). REND korporatsiyasida iqtisodchi, Vashington unti, 1973-y. dan Stenford unti prof. 1980-y. da Amerika moliya uyushmasi (AGʻA) prezidenti boʻlib saylangan. Sharp turli boylik shakllarini okilona uygʻunlashtirish (portfel yondashuvi) nazariyasi asoschilaridan biri. 20-a. ning 60y. larida moliya bozorlarida kapital aktivlar narxlarining shakllanishi modelini yaratgan. Asosiy asarlari: «Kapital aktivlar narxi. Xatar sharoitida bozor muvozanati nazariyasi», 1964; «Investitsiya portfeli nazariyasi va kapital bozorlari», 1970; «Investitsiyalar», 1978; «Aktivlarni joylashtirish vositalari», 1985; «Investitsiya kiritish asoslari», 1989. Nobel mukofoti laureati (1990; E. Markovich va M. Miller bilan birga).