SHAROLE

SHAROLE — goʻshti uchun boqiladigan qoramol zoti. 18-a. da Fransiyaning Sharole viloyatida mahalliy zotlarni yaxshilash bilan yaratilgan. Sharole zotli qoramollar yirik, tanasi uzun, tusi sargʻishmallarang, oʻta goʻshtdor, buzoqlari yirik tugʻiladi. Buqalarining oʻrtacha vazni 1400—1500 kg, sigirlariniki 800—1000 kg. Jahondagi 70 dan ortiq mamlakatlarda tarqalgan. Mahalliy zotlarning goʻsht mahsuldorlik sifatlarini yaxshilashda foydalaniladi.

Oʻzbekistonga Sharole zotli buqalar birinchi bor 1970—71 y. larda olib kelingan. Respublika nayelchilik styasida muzlatib saklangan urugʻlari qoraola zotli sigirlarni urugʻlantirishda ishlatilgan. Fargʻona viloyatining Buvayda xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasida qoraola zotli kammahsul sigirlarni Sharole zoti bilan chatishtirishdan olingan birinchi avlodlari vazni 5—6 oyligidayoq 250—260 kg ga yetgan. Sanoat usulida chatishtirishda istiqbolli zotlardan hisoblanadi.