SHARIFXOʻJAYEV

SHARIFXOʻJAYEV Murod (1932.20.8, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995), iqtisod fanlari dri (1976), prof. (1978), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy (1992). Toshkent moliya iqtisod intini tugatgan (1953). Shu intda aspirant, assistent, katta oʻqituvchi (1953—63), dotsent (1963—67), xalq xoʻjaligini rejalashtirish kafedrasi mudiri (1967—79). Oʻzbekiston Davlat plan qoʻmitasi (Gosplan) qoshidagi Iqtisodiy i. t. in-ti direktori (1975— 76), Toshkent xalq xoʻjaligi in-ti rektori (1976—86), Qurilish komplekslari rahbarlari va mutaxassislari malakasini oshirish va kayta tayyorlash in-ti prorektori (1986—90), Oʻzbekiston FA bosh ilmiy kotibi (1990—91). Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi raisi (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining rektori (1995-y. apr. — iyul). Toshkent moliya in-ti rektori (1991—2005).

Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda kapital qurilishi, iqtisodiy nazariya, respublikaning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xalq xoʻjaligida tarkibiy oʻzgarishlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, aholini ish bilan taʼminlash va b. masalalarga bagʻishlangan. Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. 2005-y. fev. dan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi.

As: Kapitalnoye stroitelstvo v Uzbekistane i yego materialnotexnicheskaya baza, T., 1971; Ekonomicheskiye problemы proizvodstva stroitelnыx materialov, T., 1971; Bozor iktisodiyoti nazariyasi va amaliyoti, T., 2000; Menejment, T., 2001; Uzbekistan. Yangi gʻoyalar, yangi yutuklar, T., 2002; Oʻzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi, T., 2003; Chelovek, opredelivshey epoxu, M, 2004; Davrni belgilab bergan inson, T., 2004 (hammualliflikda).