SHARIFBOY MADRASASI

SHARIFBOY MADRASASI — Qarshidagi meʼmoriy yodgorlik (18a.). Madrasa mudarrisi Sharifxoʻja qurdirgan. Madrasa uncha katta emas, toʻgʻri toʻrtburchak tarhli. Bosh tarzi markazidagi peshtoqdan miyonsaroy orqali kichik hovliga chiqiladi. Hovli atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. Gʻarbida peshayvonli masjid bor.