SHARIPOV

SHARIPOV Xusniddin (1933.10.2, Pop sh.) — shoir. Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1983). Toshkent qishloq xoʻjalik intining oʻrmonmelioratsiya ftini tugatgan (1949—54). «Namangan xaqiqati» gaz. da adabiy xodim va masʼul kotib (1956— 60), «Uzbekiston madaniyati» gaz. da adabiy kotib (196062), «Sharq yulduzi» jur. da bulim mudiri (1962-69; 1976-77; 1982-83), Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1984—93). Dastlab ikki tuplami — «Nihol» (1956). Sharipov «Koʻngil buyurgani» (1961), «Quyoshga oshiqman» (1963), «Tuproqqa qasida», «Yerning qalbi» (1965), «Men sizga aytsam» (1968), «Lirika» (1970), «Hayajonli daqiqalar» (1980), «Oh, goʻzal» (1981), «Xirmon» (1985), «Yana visol» (1987), «Yor istab» (1992) singari sheʼriy kitoblar hamda «Doʻstim Tojiddin» (2001) nomli voqeiy qissa muallifi. Sharipovning sheʼriy ijodida onazaminga cheksiz muhabbat, oʻz mehnati va bunyodkorlik faoliyati bilan mamlakatning gullabyashnashi yoʻlida ter toʻkayotgan zamondoshlarga hurmat, yuksak insoniy qadriyatlarga sadoqat tuygʻulari tasviri ustuvorlik qiladi.

Sharipovning sheʼriy ijodida dostonnavislik muhim oʻrinni egallaydi. U, ayniqsa, 60—70y. larda doston janrida samarali ijod qilib, shu davr oʻzbek dostonnavisligi taraqqiyot tamoyillarini belgilab bergan: «Quyoshga oshiqman» (1961), «Bogʻ koʻcha bolalari» (1962), «Tanovar» (1965), «Sotvoldidan salom» (1968), «Qilmishqidirmish» (1976), «Insof diyori» (1979), «Qaltis yurish» (1999) va b. Ilmiytexnik taraqqiyot davrining maʼnaviy muammolariga bagʻishlangan «Bir savol» (1972) sheʼriy romani ham bor.

Sharipovning «Seni sevaman» (1958), «Ota oʻgʻli» (1964), «Afsona» (1975), «Chollar va kampirlar» (1979), «Karvon bexatar boʻlmas» (1986), «Yor istab» (1993) singari pyesalari respublikamizdagi musiqali drama teatrlarida sahnalashtirilgan. Bir qancha sheʼrlari qoʻshiq boʻlgan.

Jahon adabiyoti namoyandalarining ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

Ad.: Saylanma [2 j. li], T., 1983; Asiringman, T., 2003.