SHARIPOV

SHARIPOV Husan (1937.27.7, Toshkent) — aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1963). 1959 —91 y. lar Mukimiy teatrida aktyor (1986—87 ylar direktor). 1990—95 y. lar Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida badiiy soʻz ustasi, 1995—97 y. lar Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi kotibi. Sharipov ijoditabiatan xalqchilligi, boy fantaziyasi, imkoniyati kengliga, ijro sanʼati va mahorati komik yoʻnalishidagi rollarga moyilligi bilan ajralib turadi. Aktyorning oʻzbek anʼanaviy teatri va askiya sanʼati vositalaridan unumli foydalanishi sahnada, kinoda, miniatyura teatri, «Xanda» eshittirishlari (radio)da yaratgan obrazlari, rollaridagi soddalik, samimiylik koʻzga tashlanadi. Teatrda Toshbolta («Toshbolta oshiq»), Poʻlat («Xotinimning eri»), Tojiboy («Ujarlar»), Hasan («Jon qizlar»), Akop («Xonuma xonim»), Abdulla («Akauka sovchilar»), Abdulla («Vatan ishqi»), Sobirjon («Oshiq Gʻarib»), Choyxonachi («Jonim fido») kabi rollari bilan teatr rivojiga mumosib hissa qoʻshdi. Kinoda Shermat («Suyunchi»), Husan Sharipov («Vodillik kelin»), Avtobaza direktori («Marhumning hurmati»), Husan («Shoʻrpeshonalar», «Kelinlar qoʻzgʻoloni», «kim jinni»), Hoji Aʼlam («Maysaraning ishi»), Zokir xotinboz («Amirning bevaqt tashrifi»), Hoji («Bomba»), Boʻyoqchi («Makkora»), ota («Chinor tagidagi duel» va b.) va telefilmlar [Hoji Dehdor («Alisher Navoiy»), 12 qismli, Savdogar («Uvaysiy»), Husan («Uchrashuv») va b. ] da ham samarali ijod qildi. 1960-y. dan «Tabassum» radiojurnalining, 1969-y. dan teleminiatyura teatrining muntazam ishtirokchisi. Maʼnaviyat va maʼrifat yoʻnalishidagi teatrlashtirilgan «Maʼnaviyat qalbim quyoshi» dasturi muallifi va ijrochisi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).