SHARIPOV Solijon Shokirovich

SHARIPOV Solijon Shokirovich (1964.24.8, Oʻzgan sh., Qirgʻiziston) — Rossiya Federatsiyasi (RF) kosmonavtuchuvchisi (1998), amerika astronavti (1998), millati oʻzbek. Xarkov oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar bilim yurtini tugatgan (1987). Tovushdan tez uchar samolyotlarni boshqargan (jami 950 soat uchgan). 1990-y. dan RF Kosmonavtlar tayyorlash markazining kosmonavtlar otryadida. «Mir» orbital kemasida parvoz qilish dasturi boʻyicha kosmonavtlar guruhi tarkibida tayyorgarlik koʻrgan (1992-97), «Mir» (EO27, EO28), «Soyuz TM29», «Soyuz TM30» KKlarining dublyor ekipaji tarkibida boʻlgan (1998—2000), Jonson nomidagi kosmik markazda (AQSH) STS89 ekipaji tarkibida tayyorgarlikdan oʻtgan (1997-98). 1998-y. 22 yanvar 1 fev. da AQSHning «Endevor» (STS89) KK sida parvoz kilgan (6 ta amerika astronavti bilan birga, AQSH, Florida shtati, Kanaveral kosmodromi). Bu kema Rossiyaning «Mir» orbital kemasiga tutashtirilgan va rus kosmonavtlari A. Solovyev va P. Vinogradov, amerika astronavti D. Vulf bilan birga Sharipov ham «Mir» bortida ishlagan. 2004-y. oktyabrda Rossiyaning maxsus KK sida 10-xalqaro kosmik ekipaj aʼzolari — amerika astronavti Leroy Chiao va rus kosmonavta Yuriy Shargin bilan birga Boyqoʻngʻir kosmodromidan (Qozogʻiston) kosmosga parvoz qildi. Bu KK kosmosga oldin uchirilgan Xalkaro kosmik st-ya (XKS)ga tutashtirildi va Leroy Chiao, Yu. Shargin, S. Sharipov uzok, muddat ishlash uchun XKS ga oʻtishdi, XKS dagi oddingi ekipaj yerga kaytib tushdi. Sharipov Qirgʻiziston Respublikasi Qahramoni (1998), Oʻzbekiston Respublikasining «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1998).