SHARIPOV

SHARIPOV Jumaniyoz (1911.25.10, Xiva) — yozuvchi, tarjimashunos olim. Filol. fanlari dri (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1971). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—43). Samarqanddagi ped. akademiyani tugatgan (1932). Maorifxalqkomissarligi metodika ilmiy kengashining masʼul rahbari (1932—34), Til va adabiyot in-ti aspiranti (1935—37). Oʻquvped. nashriyoti direktori (1937—40; 1949 — 52), Oʻzbekiston KP MK madaniyat boʻlimi mudiri (1941—43; 1943—45), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining masʼul kotibi (1945—49). Oʻzbekiston FA nashriyotining direktori (1952—59), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1959—70), sektor va boʻlim mudiri (1970—78), katta ilmiy xodim (19782002).

Ilk kitobi — «Yolqinli sheʼrlar» (1931). «Adabiyot darsligi» (1933), «Maksim Gorkiy» (1948) dostoni, «Saodat» (1958) qissasi nashr etilgan. «Xorazm» (1kitob, 1960; 2kitob, 1970; 3kitob, 1974; 4kitob, 1976) tetralogiyasida Asfandiyorxon hukmronligi (1910—18) va fuqarolik urushi davrida xorazmliklarning ogir hayoti, oʻlkada Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi voqealari aks ettirilgan. «Oʻzbekistonda tarjima tarixidan» monografiyasida oʻzbek adabiyotida eng qad. davrlardan to 20-a. ga qadar yaratilgan tarjimalar oʻrganilgan. Sharipov tarjima tarixi va nazariyasi, tarjimonlar mahorati yuzasidan koʻplab risola va maqolalar eʼlon qilgan. Sh. Rustaveli, A. S. Pushkin, Mahtumquli, M. Gorkiy, S. Stalskiy, B. Kerboboyev va b. ning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ac: Badiiy tarjimaning baʼzi masalalari, T., 1957; Oʻzbekistonda tarjima tarixidan, T., 1965; Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar, T., 1972; Xorezm, 1—3 kn., M., 1968-76.