SHARIK QOʻZGʻOLONI

SHARIK QOʻZGʻOLONI — Buxoroda Abbosiylar xalifaligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (751). Unga Sharik ibn Shayx alMahriy boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolonga umaviylar oʻrniga 750-y. da hokimiyat tepasiga kelgan abbosiylarning xalifalik hududidagi arab boʻlmagan xalqlarga nisbatan siyosatida oʻzgarishlar qilmaganligi; qonuniy hokimiyat Ali avlodlari qoʻliga topshirilishi lozim, degan shialarning fikrlari sabab boʻlgan. Unda Buxorodagi sugʻdiylar va arab axoliyey qatnashgan. Biroq qoʻzgʻolonda mahalliy zodagonlar, savdogarlar, kashovarzlar deyarli ishtirok etmagan.

Narshaxiynmng yozishicha, qoʻzgʻolon raxbari Sharik arab xarbiylaridan boʻlib, u Buxoroda yashagan. Uning atrofida juda kup kishi yigʻilgan. Buxoro amiri Abduljabbor ibn Shuayb, Xorazm amiri Abdulmalik ibn Xarsama, Barzam (xoz. Karki) amiri Muhammad ibn Husayn va b. Sharikka bayʼat qilib, uni qoʻllabquvvatlashgan. Tabariynnng fikricha, Sharik tarafdorlari 30 ming kishidan ortiq boʻlgan.

Xuroson voliysi Abu Muslim Ziyod ibn Solih boshchiligidagi 10 ming kishilik lashkarni qoʻzgʻolonni bostirish uchun Buxoroga joʻnatgan. Buxoro sh. darvozalari oldida 37 kun uzluksiz jang boʻlib, unda buxoroliklar doim gʻalaba qozonib turgan.

Buxorxudot Qutayba ibn Tagʻshoda 10 ming odam bilan kelib, Ziyod ibn Solih bilan ittifoqlikda Sharik qoʻshiniga qarshi urushga kirishi qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchrashiga sabab boʻlgan. Sharik lashkari katta qiyinchilikda qolgan. Qoʻshin oʻrtasida ochlik boshlangan. Shunday boʻlishiga qaramasdan, qoʻzgʻolonchilar Ziyod va Tagʻshodaning birlashgan qoʻshinini Buxoro sh. dan bir farsang uzoklikda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchratishgan. Navkand (Navkanda) qishlogʻida boʻlgan ikkinchi jang (751-y. yozi)da esa qoʻzgʻolonchilar magʻlubiyatga uchrashgan. Sharik ibn Shayx ham jang paytida otdan yiqilgan va oʻldirilgan. Buxoro amiri Abduljabbor bu magʻlubiyatga qaramay, shaharni arablarga topshiri shdan bosh tortgan. Arab lashkarboshisi Ziyod ibn Solih Buxoroga kelib, uch kechakunduz davomida shaharga oʻt qoʻydirgan. Shahar ichida ham arab qoʻshini buxoroliklarning qattiq qarshiligiga uchragan. Narshaxiyning yozishicha, Ziyodning buyrugʻi b-n shahar aholisidan kimni tutsalar, ularni dorga osganlar va nihoyat shaharni olganlar. Sharikning oʻgʻli va harbiy koʻmondonlari ham oʻldirilgan. Soʻngra Ziyod ibn Solih Samarqandga kelib, bu yerdagi qoʻzgʻolonni ham bostirgach, Xurosonga qaytgan.

Sharik qoʻzgʻoloni keyinchalik Movarounnahr va Xurosonda arablarga qarshi koʻtarilgan Mutsanna qoʻzgʻoloni oldidan oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini oʻtagan.

Manbalar: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Istoriya atTabari, T., 1987.

Qahramon Rajabov.