SHARI

SHARI — Markaziy Afrikadagi dare. Uam va Gribingi daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Logone daryosi bilan yagona delta hosil qilib Chad kuliga quyiladi. Uz. 1450 km, havzasining mayd. 700 ming km2. Yozgi seryomgʻir mavsumda, oʻrta va quyi oqimlarida esa kuz oylarida suvi koʻpayadi. Oʻrtacha suv sarfi 1230 m3/sek. Batangafo sh. gacha kema qatnaydi. Daryodan baliq ovlanadi. Shari boʻyida Chad poytaxti Njamena sh. joylashgan.