SHARJ

SHARJ (frans. charger — yuklamoq) — sheʼriy yoki nasriy satirik, yumoristik asardagi biror bir shaxsga oid hajviy xususiyatlar ustidan kulish. Hajvgoʻy shoirlar, yozuvchilar yoki karikaturachilar oʻzlarining Sharj lari bilan shaxe xarakteriga xos boʻlgan maʼlum xususiyatni biror bir narsa yoki predmetga qiyos qiladilar va uni oʻta mubolagʻali tarzda tasvirlaydilar. Kishi tabiati yoki tashqi qiyofasidagi biror jihatni Sharj sifatida samimiy qiyoslash yoki oʻxshatish doʻstona hazil sheʼrlarda ham uchraydi.