SHARAFIDDINOV

SHARAFIDDINOV Oqilxon (1898.7.3 Toshkent 1981.31.3) oʻzbek pedagogi. Mehnat K,ahramoni (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1936). Dastlab Toshkentdagi eski maktablardan birida, keyinchalik Xoja Axror madrasasidatahsil koʻrgan.

1917-y. ga qadar yangi usul maktablarida, 1918-y. dan Toshkent uyezdining Toʻytepa qishlogʻida maktab ochib muallimlik qilgan. 1921-y. dan Toshkentdagi 19maktabda, 1924-y. dan 1970-y. gacha 14maktabda boshlangich sinflarga dare bergan. Sharafiddinov yaratgan «Alifbe» kitobi (1938) oʻzbek maktablarining 1sinfi uchun uzoq vaqt asosiy darelik boʻlib keldi. 1968-y. Q. Abdullayeva bilan hamkorlikda yangi «Alifbe» darsligi ni tuzdi. Keyingi yillarda uzgartishlar kiritilib, qaytaqayta nashr etildi. «Bilim va maktab», «Mehnat bolalari», «Kattalar alifbesi», «Chiroyli yozuv», «Oʻqish kitobi» kabi darelik, uquv qoʻllanmalari muallifi. Toshkent sh. dagi 129maktab Sharafiddinov nomiga qoʻyilgan.