SHARAFA

SHARAFA — muqarnas turi; muqarnas mujassamoti (ravoqli kosachalar qatorlari)ning gorizontal yoʻnalishda chapu rost takrorlanishidan hosil boʻladi. Sharafa kosachalar qatori oʻzgarmasligi bilan boshqa muqarnas turlaridan farq qiladi. Meʼmorlikda binolarning devor bilan shifti oraligʻi, taxmon, mehrob, minoralarning tepa qismini bezashda qoʻllanadi. Sharafa ganch, marmar (qozirda gips, beton va b.)dan ishlanadi. Sharafa mujassamoti akta yordamida toʻgʻridantoʻgʻri devorga tushirib oʻyiladi, quyma usulida tayyorlangan Sharafa boʻlaklari esa bezatiladigan sathga yopishtirib hosil qilinadi. Sharafa Sharq (Oʻrta Osiyo, ayniqsa, temuriylar davri) meʼmorligida yuksak taraqqiy etgan. 20a. oʻrtalaridan Oʻzbekiston meʼmorligida Sharafa qaytadan keng qoʻllana boshlandi (Usta Shirin Murodov, Sh. Gʻafurov, Q. Jalilov va b.).