SHAPIRO Yakov Iosifovich

SHAPIRO Yakov Iosifovich (1937.6.7, Ukraina, Olevsk sh.) — haykaltarosh, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1976). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1963). Shapiro realizmning akademiya oqimiga xos tasviriy va ifoda yoʻllarini qoʻllab dastgoh va monumental sanʼat sohasida ijod qiladi. «Tamtam» (bronza, 1963), «Yoʻlovchi» (bronza, 1967) va b. dastgoh sanʼat asarlari uning ilk ishlari jumlasiga kiradi. Shapironing monumental asarlari: Shastri xaykali (bronza, granit, 1972, Toshkentda), Hamid Olimjon haykali (bronza, granit, 1989, Toshkentda), «Semurgʻ qush» (1989, AK. Shning Sietl sh. da), Shukur Burhonov byusti (bronza, 1989, qabri ustiga oʻrnatilgan) va b.

Shapiro respublika va xalqaro koʻrgazmalar ishtirokchisi; asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzey va toʻplamlarida saklanadi.