SHAPIRO Vladimir Mixaylovich

SHAPIRO Vladimir Mixaylovich (1948.25.2, Toshkent) — rej. Oʻzbekiston sanʼat arbobi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (1971), Leningrad teatr, musika va kinematografiya in-ti (1979)ni tugatgan. Ijodiy faoliyatini Toshkentdagi M. Gorkiy nomidagi rus akademik drama teatrida aktyorlikdan boshlagan (1965). 1989-y. dan shu teatrda rej., 1990-y. dan badiiy rahbar (1991-y. dan direktor ham). Shapiro «Bir yildan soʻng oʻsha kun» (B. Sleyd), «Telba hayot» (S. Zlotnikov), «Grafinya Yuliya» (A. Strinberg), «Hamma narsa bogʻda» (E. Olbi), «Buyuk afsungarlik» (E. De Filippo), «Shapaloq yeydigan kishi» (L. Andreyev), «Kal xonanda» (E. Ionesko), «Jorj Danden» (J. Molyer), «Mexmonxona bekasi» (K. Goldoni), «Har toʻkisda bir ayb» (A. Ostrovskiy), «Zoyaning uyi» (M. Bulgakov) va b. ni saxnalashtirgan.