SHANSI

SHANSI — Xitoydagi provinsiya. Xuanxe daryosi oʻrta oqimi havzasida. Mayd. 157 ming km2. Aholisi 31,7 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Tayyuan sh. Sh. hududi Shansi platosi va Lyossli platoning sharqiy qismida joylashgan. Iqlimi moʻtadil, mussonli, oʻrtacha tra yanv. da —16° dan (shim. da) —2° gacha (jan. da), iyulda 20—25°. Yillik yogʻin 400—500 mm. Gʻarb va shim. garbida chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, sharqidagi balandlik mintaqalarida aralash va keng bargli oʻrmonlar saklangan.

Shansi — Xitoyning sanoati rivojlangan provinsiyalaridan. Kumir, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat sanoatlari rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari — Tayyuan, Datun va Yansyuan sh. lari. Hunarmandchilikda metall va chinni buyumlar yasaladi, ipak matolar, gilam toʻqiladi. Tayyuan, Datunda qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shansi — Xitoyning qad. dehqonchilik rni. Sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Asosiy ekini — donli ekinlar (bugʻdoy, gaolyan, makkajoʻxori, suli va b.). Texnika ekinlaridan paxta va zigʻir, kunjut, yer yongʻoq, qand lavlagi ekiladi. Chorvachilikda koramol, eshak va qoʻy boqiladi.

Shansi hududida Yanshao madaniyati qoldiklari topilgan. Mil. av. 7—5-a. larda Szin podsholigi, mil. av. 5—3-a. larda Chjao va b. bir qancha podshohliklar tarkibida boʻlgan. 14-a. dan boshlab hoz. nomda, 17-a. dan Xitoyning Shansi provinsiyasi.