SHANNON

SHANNON — Irlandiyadagi eng katta dare. Uz. 368 km, havzasining mayd. 15,7 ming km2. Qator joylashgan koʻllar orqali Markaziy tekislikdan oqadi, etuariy hosil qilib Atlantika okeaniga quyiladi. Yomgʻir suvidan toʻyinadi. Kuz va qish oylarida sersuv, yezda suvi kamayadi. Oʻrtacha suv sarfi 200 m3/sek. LoxAllen koʻlidan boshlab kema qatnaydi. Ikkita kanal orqali Dublin bilan bogʻlangan. Quyilish yerida Limerik dengiz porti joylashgan.