SHANKARA

SHANKARA (taxm. 788, Malabara — 820) — hind ilohiyotchi faylasufi, hinduiylik islohchisi. Barcha oldingi ortodoksal (yaʼni, vedalarni eʼtirof etuvchi) tizimlarni umumlashtirgan, advaytavedanta taʼlimotini rivojlantirgan. «Upanishadlar», «Vedanta sutra», «Bxagavadgita»ga sharhlar yozgan.