SHAMSULMULK

SHAMSULMULK, Malik Shamsulmulk (Nasr) ibn Ibrohim Tamgʻachxon (11-a. ning 1choragi — 1080, Buxoro) — Qoraxoniylar hukmdori (1068—80). Gʻarbiy qoraxoniylar xoqonligi asoschisi Ibrohim ibn Nasrning oʻgʻli. Saljukiylar sultoni Ann Lrslonning bevaqt oʻlimidan keyin Shamsulmulk Termiz va Balxni qisqa muddat ishgʻol qilib turgan. Biroq tez orada Alp Arslonning vorisi Malikshoh bu shaharlarni oʻz davlatiga qayta qoʻshib olgan. Boshqa tarafdan Qodir Yusuf Tamgʻachxon va uning oʻgʻillari Shamsulmulkka qarshi kurash olib borib, undan Sirdaryoning shimoli va Fargʻona vodiysini tortib olganlar. Sh. Movarounnahr, xususan, Buxoroda katta qurilishlar olib borgan. «Buxoro tarixi» asarida keltirilishicha, Buxoro sh. va uning atroflarida qurilgan koʻplab meʼmoriy obidalar Shamsulmulk nomi bilan bogʻliqdir. U Buxorodagi Jome masjidini taʼmirlab, qayta qurgan (1069). Karmana yaqinidagi Choʻli Malikda hashamatli karvonsaroy va rabot (q. Rabotы Malik) va Hazora qishlogʻida Deggaroniy masjidini ham Shamsulmulk qurdirgan.

Manba: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.