SHAMSIYEV

SHAMSIYEV Porso (1897.10.2, Buxoro — 1972.21.3, Toshkent) — navoiyshunos va matnshunos olim. Filol. fanlari dri (1970), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Buxoro madrasalarida tahsil koʻrgan. 30y. larga qadar Madrasa, maktab va maorif yoʻnalishidagi muassasalarda xizmat qilgan. Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (1931 — 36) va Uquvpedagogika nashriyoti (1936—40) da muharrir, Oʻz FAN nashriyotida muharrir (1941—45), Til va adabiyot intida katta ilmiy xodim (1945—72). «Adabiyotdan ish kitobi», «Adabiyot darsligi», «Oʻzbek tili darsligi», «Oʻqish kitobi» (1 va 2kitoblar) muallifi. Navoiyning «Muhokamat ullugʻatayn», «Majolis unnafois», «Mahbub ulqulub» va b. asarlarining ilmiytanqidiy matnini nashrga tayyorlagan hamda shoir asarlarining 15 jildligini nashr etishda faol katnashgan. «Xamsa»ning ilmiytanqidiy matnini yaratib, mazkur matn yuzasidan amalga oshirilgan tekstologik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya etgan. Shamsiyev, bundan tashqari, Xondamirning «Makorim ulaxloq» asarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan, Boburning «Boburnoma» (S. Mirzayev bilan hamkorlikda) asarining ilmiy nashrini yaratgan, 5 kitobdan iborat «Oʻzbek adabiyoti» majmuasini tuzish, tahrir etish va izoxlar yozishda ishtirok etgan. Shamsiyev Britaniya muzeyida saklanayotgan va Abdujamilga nisbat berilgan «Tuhfat ulsalotin» asari mikrofilmini oʻrgan. ib, uning Navoiy gʻazallaridan olingan va Abdujamil xattot tomonidan koʻchirilgan shohbaytlar ekanini va mavzu boʻyicha 45 faslga boʻlinganini aniklagan. Sh. Gʻafur Gʻulomning 4 jildli «Tanlangan asarlar»i va 2 jildli «Adabiytanqidiy maqolalar» ini ham nashrga tayyorlagan. Shamsiyev shuningdek, S. Ibrohimov bilan hamkorlikda «Oʻzbek klassik adabiyoti lugʻati» (1953) va «Navoiy asarlarining lugʻati» (1972)ni tuzgan.

Toshkent koʻchalaridan biriga Shamsiyev nomi berilgan.

As: Oʻzbek matnshunosligiga oid tadqiqotlar, T., 1986.