SHAMSIDDINOV Hamidulla Ubaydullayevich

SHAMSIDDINOV Hamidulla Ubaydullayevich (1940.27.10, Toshkent) — dirijyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent konservatoriyasini cholgʻu ijrochiligi (qashqar rubobi, 1962) xamda operasimfonik dirijyorligi (1968) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasining A xalq cholgʻulari op I kestrida sozanda I (195863), Navoiy «teatrida dirijyor (1968—2002, 1990-y. dan bosh dirijyor). Dirijyorlik uslubi aniq xarakatlar, musiqa rivojining sahna jarayoni bilan uzviy bogʻlanishga asoslangan. Repertuaridan Uzbekiston kompozitorlari («Dilerom», «Sevgi tumori», M. Ashrafiy; «Suhayl va Meqri», M. Leviyev; «Zebunniso», «Malikai ayyor», Sayfi Jalil; «Taxtga yoʻl», N. Zokirov va b.) va chet el mumtoz («Yevgeniy Onegin», «Iolanta», P. Chaykovskiy; «Figaroning uylanishi», «Sehrli fleyta», V. Motsart va b.) opera va baletlari urin olgan. Navoiy teatrida bir necha spektaklni dirijyor sifatida sahnalashtirgan (Ik. Akbarovning «Navroʻz», F. Amirovning «1001 kecha» baletlari va b.). Tailand, Xitoy (Gonkong), Singapur mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (2001).