SHAMAYEVA

SHAMAYEVA Muhabbat (asl ismi Lyuba) (1944.12.5, Buxoro) — xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Ijodiy faoliyatini Buxoroda xavaskorlik ansamblida boshlagan. 1963—65 y. lar Oʻzteleradiosining «Maqom ansambli», 1965—91 y. lar estradasimfonik orkestrida yakka xonanda. 1990y. larning 2-yarmidan NyuYorkdagi «Tiklanish» buxoro yahudiylari musiqali teatri aktrisasi. Jozibali, yorqin ovoz sohibasi. Repertuaridan oʻzbek xalq («Tanavor», «Fargʻonacha» va b.) ashulalari, bastakor va kompozitorlar yaratgan lirik va estrada qoʻshiqlari («Koʻchalar», D. Zokirov; «Toshkent nahori», «Tong navosi», M. Mirzayev; «Oʻrik gullaganda», M. Leviyev; «Yoʻllarim», M. Ashrafiy; «Mirzachoʻl yoryori», F. Krdirov va b) keng oʻrin olgan. U, shuningdek, turli xalklar (tojik, yahudiy, ozarbayjon, tatar, turk, eron, arab, afgʻon, fransuz va b.) qoʻshiqlarini ham ijro etgan. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrolari gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan.