SHALLI

SHALLI (Schally) Endryu Viktor (1926.30.11) — amerikalik tibbiyot xodimi (medik). Kanadadagi Makchill untini tugatgan (1955). 1949—52 y. Londondagi tibbiy tadqiqotlar Milliy intida biokimyodan assistent; 1952—57 y. Makchill unti psixiatriya boʻlimida ishlagan (Monreal, Kvebek). 1957-y. dan AQSHda. 1957—62 y. larda Xyustondagi Beyler unti tibbiyot kollejida fiziologiya va biokimyo boʻyicha prof. yordamchisi. 1962-y. dan NyuOrleandagi gospitalda polipeptid va endokrinologiya lab. rahbari. Ilmiy faoliyati gipotalamik rilizinggormonlarini oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga oid. Nobel mukofoti laureati (1977, R. Giymen va R. S. Yalou bilan hamkorlikda).