SHAKALA

SHAKALA, Shakla (sanskritcha: pali tilida — S akal a) — Panjobdagi qad. shaxar (hoz. Sialkot, Pokiston). Mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida vujudga kelgan deb taxmin etiladi. Shim. Gʻarbiy Hindistonning muhim savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan. Podsho Menandr davrida Sh. Hindyunon davlatining poytaxti boʻlgan. 5—6-a. larda eftaliylar istilosi davrida jiddiy shikastlangan, birok, Mixirakula davlatining poytaxti boʻlgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda Shakalaning mavqei ancha pasaygan.