SHAYXONTOHUR

SHAYXONTOHUR — 1) oʻtmishda Toshkentdagi daha nomi. Shaharning sharqiy qismida (hoz. Shayxontohur tumani hududining bir qismi) joylashgan. Toshkentning 4 dahasidan biri. Shayxontohur hudud jihatdan eng katta, shu bilan birga eng yosh daha hisoblangan. Shim. dan Sebzor (Jangob arigʻidan), jan. gʻarbdan Beshyogʻoch, gʻarb va shim. gʻarbdan Koʻkcha daxalari bilan chegaralangan. Yassaviya tariqati shayxlaridan Shayx Xovandi Tohur nomidan olingan. Shayxontohur daqasi dastlab Shayx Xovandi Tohur meʼmoriy majmuasi (15—16-a. lar) atrofida shakllana boshlagan. 18-a. ning 80y. larida Yunusxoʻja hokimligi davrida Shayxontohur dahasida yangi mudofaa devorlari bilan oʻralgan kichik oʻrda qurilgan. 19-a. boshida Qoʻqon xoni Olimxon Toshkentni egallagan paytda bu oʻrda buzilib, daha hududiga oʻtgan. Anqor kanali chap sohilida yangi oʻrda bunyod etilgan (19-a. ning 30y. larida). Daha yerlari Anhordan bosh olgan ariqlardan sugʻorilgan. Toshkentning 19a. oʻrtalaridagi 12 darvozasidan 3 tasi (Qoʻymas, Qoʻqon va Qashqar) Sh. da joylashgan; 70 masjid, 3 Madrasa, koʻplab karvonsaroylar, tegirmonlar boʻlgan. Shayxontohur 64 ta maqalladan tarkib topgan. Eski juva (Chorsu) bozorining bir qismi ham Shayxontohurga qaragan. Daha aholisi, asosan, degrezlik, egarchilik, gazmol toʻqish va b. ; shahar atrofidagi Yalangʻoch, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Darxon, Boʻz, Shoʻrtepa, Posira va b. mavzelarda joylashgan dala xrvlilarida esa dehqonchilik va bogʻdorchilik b-n shugʻullanganlar;

2) Toshkent sh. dagi tumanlardan biri (q. Tashkent).

Ad.: Malliskiy N. G., Toshkent mahalla va mavzelari, T., 1996; Muhammadjonov A. R., Qadimgi Toshkent, T., 2002.

Mashxura Sharipova.