SHAYXOV

SHAYXOV Hojiakbar (1945.25.3, Shinjon, Xitoy — 2002. 27.5, Toshkent) — fantast yozuvchi va publitsist. Oʻzbek ilmiybadiiy fantastikasining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1997). Otabobolari asli toshkentlik boʻlib, Sharqiy Turkistonga koʻchib ketishgan va 1955-y. vataniga qaytishgan. Toshkent politexnika intining energetika ftini tugatgan (1971). Uzbekiston FA Elektronika intida yetakchi muhandis (1978—81), «Yosh gvardiya» nashriyotida boʻlim mudiri (1981—84), Uzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1984—89), 1999—2000-y. larda «Sirli olam» jur. va uning ilovasi — «Qalb koʻzi» gaz. ning asoschisi va bosh muxarriri. «Yozuvchi» nashriyotining direktori (1996—2000), Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari (2001-y. dan). Shayxov Z0 dan ziyod ilmiy-fantastik hikoyalar, qissalar va romanlar muallifi. «Rene jumbogʻi» (1977), «Zalvorli odimlar» (1977), «Yettinchi operatsiya» (1979), «Gʻaroyib koʻlanka» (1980), «Olmos jilosi» (1983), «Soʻnggi ajdarning halokati» (1985), «Hayotbaxsh xayollar» (1985), «Ajdodlar xotirasi» (1986), «Yonar dare» (1986), «Maktab sahnasi» (1988), «Sehrli qiz» (1989), «Telba dunyo» (1990), «Tutash olamlar» (1996), «Jodugarning eri» (1999), «Ikki jahon ovorasi» (2001) va b. fantastik qissa va romanlari bor. Asarlarida ezgulik va yovuzlik, toʻgʻrilik va egrilik, bagʻrikenglik va xudbinlik oʻrtasidagi kurash ilmiyfantastik shakllarda oʻziga xos yoʻsinda aks ettirilgan. Voqealar silsilasi qanchalik gayritabiiy, qaxramonlar esa qanchalik gʻaroyib boʻlmasin, voqealar Yerdagina emas, butun koinotda, qoʻshni sayyoralarda roʻy bermasin, ular oxiroqibat qay bir tomonlari b-n odamlarning bugungi hayoti va tashvishlariga bogʻlanib ketgan. «Fan fidoyisi» (1987), «Zamin shaydosi» (1990) publitsistik asarlari ham chop etilgan.