SHAYXOV Erkin Turdiyevich

SHAYXOV Erkin Turdiyevich (1927. 13.11, Toshkent) — iktisodchi olim, Oʻzbekiston Qishloqxoʻjaligi FA akad. (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), prof. (1977). Toshkent qishloq xoʻjaligi intini tugatgan(1948). 1949 — 60 y. larda komsomol va partiya ishlarida ishlagan. Toshkent viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1962—71), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri (1971 — 75), Toshkent qishloq xoʻjaligi in-ti (1991-y. dan Toshkent agrar unti) rektori (1975—95), ayni paytda shu int q. x. iqtisodiyoti kafedrasi mudiri, 1995-y. dan maslahatchiprof. Ilmiy ishlari q. x. tarmoklari iqtisodiyoti, tannarx, i. ch. rentabelligi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida agrarsanoat majmuini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan. Q. x. oliy oʻquv yurtlari uchun darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

As: Paxtachilik iqtisodiyoti va uni tashkil etish, T., 1980; Paxtachilik, 2nashri, T., 1990 (hammualliflikda).