SHAYX XOVANDI TOHUR MAJMUASI

SHAYX XOVANDI TOHUR MAJMUASI — Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15 — 19-a. lar). Shayx Xovandi Tohur maqbarasi (19-a. da koʻhna poydevori ustiga qayta qurilgan), ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. Bezaksiz, ichki devorlari chuqur ravoqli, darchalariga koshinkori panjaralar oʻrnatilgan; xonalar gumbazlar bilan yopilgan, goʻrxonaning qoʻshqavatli gumbazi 12 qirrali asosga oʻrnatilgan. Keyinroq atrofiga chillaxona, Yunusxon maqbarasi (15-a.) qurilgan. Uch masjid binosi, minora, Eshon quli dodho madrasasi saqlanmagan.