SHAYX XOVANDI TOHUR

SHAYX XOVANDI TOHUR (Tahur), Shayxontohur (13-a. oxiri, hoz. Boʻstonliq tumani Bogʻiston qishlogi — 1359, Toshkent) — shayx. Shayx Umar Bogʻistoniyning oʻgʻli. Rivoyat etilishicha, Umar Bogʻistoniy befarzand boʻlib, kunlarning birida oʻz zavjai muhtaramasi b-n Shayx Zayniddin maqbarasiga kelib Allohdan farzand ato etishni iltijo qilishadi. Koʻp oʻtmay farzand koʻrishib, unga Xovandi Tohur (pok shayx) deb nom qoʻyishadi. Shayx Xovandi Tohur ilohiyotga va tariqatga doir ilk saboqni otasidan olgan. «Rashahot ayn alhayot» («Hayot buloqlaridan oqqan tomchilar») nomli asarda yozilishicha, Shayx Xovandi Tohur ilohiyot va tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri, yetuk mutasavviflardan boʻlgan. U yassaviylik tariqati namoyandalaridan tariqat yoʻlini oʻrganadi hamda ilmi zohiriy va ilmi botiniy sirasrorlaridan voqif boʻladi, karomatli shayxlar orasida yuksak maqomga erishadi. Yakka xudolik haqidagi taʼlimotni, tasavvufga oid iboralarni sharhlab bergan, shuningdek, sheʼriyat bilan shugʻullangan. Shayx Xovandi Tohurning Dovud ismli oʻgʻli boʻlib, u ham shayx sifatida mashhur edi.

Shayx Xovandi Tohur dafn etilgan joy ziyoratgoh hisoblana di. Uning mozori atrofi da boshqa sagʻana va qabr lar paydo boʻlib, Toshkentning katta va muqaddas qabristoniga aylangan. Xoja Ahror qabr ustiga maqbara qurdiradi. Zotan uning volidai muhtaramasi shayx Dovudning qizi boʻlgan. Xoja Ahror qurdirgan inshoot zamonlar oʻtishi bilan nurab, bizgacha yetib kelmagan. Hoz. maqbara esa avvalgisining loyihasi va koʻrinishini saklagan holda qayta tiklangan (yana q. Shayx Xovandi Tohurmajmuasi). Toshkent sh. dagi tumanlardan biri Shayx Xovandi Tohur nomi bilan ataladi.