SHAYTON

SHAYTON (arab.) — islom, xristianlik va b. dinlarning taʼlimotlariga koʻra, yovuz ruh yoki yovuz ruxlarning boshligʻi, dunyodagi yovuzliklarning aybdori, odamlarni gunohga yetaklovchi kuch. Sh. toʻgʻrisidagi tasavvur «satanas» shaklida yunon tilidan xristian adabiyotiga, undan Yevropa tillariga, «satana» shaklida rus tiliga oʻtgan. Qurʼonda talqin qilinishicha, Shaytonni Alloh olovdan yaratgan, keyinchalik amriga itoat qilmagani uchun uni toshboʻronga sazovor (arabcha «rajim») deb laʼnatlagan. Lekin Alloh bandalarini uning vasvasalariga aldanishi yoki aldanmasligini sinab koʻrish uchun Shaytonga muxlat bergan. Shuning uchun u barcha odamni yoʻddan ozdirishga harakat qiladi. Qurʼonda Shayton soʻzining sinonimi sifatida Iblis iborasi ham qoʻllanilgan.

Shayton soʻzi firibgar, ayyor odamlarga nisbatan ham ishlatiladi.