SHAYBONIYLAR DAXMASI

SHAYBONIYLAR DAXMASI — Samarqanddagi oʻrta asr meʼmoriy yodgorligi (16-a.). Shapboniyxon 1510-y. Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda halok boʻlgach, Samarqandga olib kelinib oʻzi kurgan madrasada marmar supa ostiga dafn etilgan. Supa ostiga Shayboniyxondan tashqari boshqa shayboniy sultonlar va malikalar: Mahmud Sulton (1503—04 y. oʻldirilgan), Maxdiy Sulton, Hamza Sulton (1511-y. oʻldirilgan), Muhammad Temur Sulton (1511-y. v. e.), Qutlugʻ Muhammad Sulton (1545-y. v. e.), Abulxayr Sulton (1511-y. udsirilgan), Yodgor Sultonim (1526-y. v. e.), Shaxribonu xonim (1535-y. v. e.), Shoh Sulton xonim (1530-y. v. e.), Suyunch Muhammad Sulton (1586-y. v. e.) lar dafn etilgan.

Ad.: Abu Toqirxoja, Samariya, T., 1991.