SHAYBA

SHAYBA (nem. Scheibe) — 1) gayka yoki vint kallagi ostiga qoʻyiladigan detal. Tayanch yuzasini oshirishda (agar yuza yumshoq yoki notekis boʻlsa) umumiy ishlarga moʻljallangan Shayba, qattiqyaash vaqtida gayka yoki vint kallagining qiyshiqlitini bartaraf qilishda sferik va qiyshiq Shayba, detallarga ishlov berishda tayyor detalni tezda boʻshatib, yangisini oʻrnatishda tez olinadigan Shayba, germetik birikma hosil qilishda yumshoq materiallardan tayyorlanadigan zichlagich Shayba, gayka yoki vintni oʻzoʻzidan buralib ketishdan saklashda prujinalanadigan Shayba, gayka yoki vintning detalga nisbatan buralishining oldini olishda stopor Shayba va b. qoʻllaniladi (rasmga k,.); 2) xokkey oʻyinidagi oʻyin quroli; qattiq qora rezinadan tayyorlanadigan yassi disk; diametri 76,2 mm, qalinligi 25,4 mm, ogʻirligi 140—170 g, yon sirti mayda taramtaram boʻladi.