SHAJARA

SHAJARA (arab. — daraxt) , genealogiya — kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qonqarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmogʻi — genealogiya fani oʻrganadi. Podsholar, xukmdorlar, afsonaviy qahramonlar naslnasabiga qiziqish qadim zamonlardanoq boʻlgan, lekin oʻrta asrlarda Shajara imtiyozli tabaqalarning paydo boʻlishi va ularning avlodajdodlarini rasmiylashtirishga qiziqishning kuchayishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Bu, oʻz navbatida, 15-a. dan boshlab Shajara oʻrtasidagi nikoh aloqalari haqida guvohlik beruvchilarning paydo boʻlishiga olib kelgan. Shu davrlarda urugʻ yoki birbiriga yaqin bir necha urugʻ aʼzolarining naslnasabiga oid bir necha daftarlar tuzila boshlagan. Urta Osiyoda Shajaraga oid dastlabki yirik asarlar 15—17-a. larda paydo boʻlgan. Ayniqsa, Abulgʻoziy Bahodirxonning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlari 13—17-a. lardagi moʻgʻul va turk urugʻlari, hukmdorlari haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Oʻrta Osiyoda nasab daftariga xoʻjalar, saidlar va b. ega boʻlib, bu hujjatlar ularning paygʻambar, sahobalar, tarxon, beklar naslidan kelib chiqqanligini koʻrsatuvchi dalil sifatida, shuningdek, soliq toʻlash, xalq hasharlariga chiqish va b. ishlarda alohida imtiyozga, umuman jamiyat hayotida yuqori mavqega ega bulishi uchun xizmat qilgan. Shajara hujjatlari dastlab shaxening siyosiy mavqeiga koʻra, guvohlar ishtirokida hukmdorlar huzurida tuzilgan va uning muxri bilan tasdiqlangan. Keyinchalik hukmdorlar avvalgi muhrlarni koʻrib tasdiqlab beraverishgan.