SHAD

SHAD, shod — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvon. Qad. turk bitiktoshlarida, xitoy, yunon, arab manbalarida uchraydi. Xitoy manbalarida sha yoki she shakllarda qayd etiladi. Sh. Turk xokrnligida bosh xukmdor — xoqondan keyingi urinda turuvchi yabgʻudan soʻng eng yuqori unvon boʻlib, ushbu unvonga, asosan, xokrn xonadoniga mansub, biror oʻlkaga maʼmur qilib tayinlangan va oʻz qoʻshiniga ega boʻlgan tegin, shahzodalar sazovor bulishgan. Xoqonlikning markaziy hokimiyatida xoqon, oʻng (Toʻlas) va soʻl (Tardush) qanotlari boshkaruvida Shadlar turar edi. Turk xokrnligi davrida Choch, Buxoro, Toxaristonni Shadlar boshqargani xitoy va arab manbalaridan maʼlum. Jumladan, xitoylik rohib Stan Szan 629—645-y. lar oraligʻida Gʻarbiy Turk xoqoni Tun yabgu (618—630) himoyatida Gʻarbiy oʻlkalarga sayohat kilgan paytida Toxaristonda ham boʻladi. Toxariston yabgʻularining markazi Qunduzda uni Tun yabgʻuning oʻgʻli Tardushad qarshi oladi. Tardushad 7—8 a. larda hukm surgan Toxariston yabgʻulari sulolasining asoschisi hisoblanadi. Shuningdek, Shi (Choch) da 7-a. ning 2-yarmida Shuju Shad, Buxoroda 7—8 a. larda Kono Shad, Tugʻshoda (Tugʻshad), Toxaristondagi Chagʻoniyon hokimligida 710y. larda Shad unvonli turkiy hukmdorlar boʻlishgan. Xazar xoqonligi (7—9-a. lar) va Uygur xoqonligi (8—9-a. lar) boshqaruvida ham Shad unvoni nufuzli unvonlardan hisoblangan.

Ad.: Abdurahmonov Gʻ., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982.