SHAGAYEV Erkin Maqsudovich

SHAGAYEV Erkin Maqsudovich (1959. 12.2, Toshkent) — suv polosi boʻyicha olimpiada oʻyinlari chempioni (1980, Moskva), xizmat koʻrsatgan sportchi (1980). Shagayev ikki karra jahon kubogi gʻolibi (1981, Sakramento; 1983, LosAnjeles), jahon chempioni (1982, Kito). Sh. Uzbekiston jismoniy tarbiya intini tugatgan (1981), «Mehnat» sport jamiyatida yoʻriqchi (1977 — 1984), suv polosi boʻyicha respublika yoshlar terma jamoasida bosh murabbiy (1984—1989), jamoat va davlat tashkilotlarida ishlagan (1984—1991). Ped. fanlari nomzodi (1990). Shagayev 1991-y. dan Avstraliya terma jamoasida murabbiy.