SHAVQIY KATTAQOʻRGʻONIY

SHAVQIY KATTAQOʻRGʻONIY (taxal lusi; ismi Muhammad Sharif) (1785 — Kattaqoʻrgʻon tumani — 1861) — shoir. Buxorodagi Govkushon madrasasida tahsil olgan. Oʻzbek, tojik va arab tillarida ijod qilgan. Uning bir devon va turli bayozlardagi lirik sheʼrlarining umumiy hajmi 3000 misra atrofida. Bular ichida gʻazal salmokli oʻrin tutadi. Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy sheʼriyatida, shuningdek, muxammas, musaddas, musabbaʼ, musamman, muashshar, masnaviy, ruboiy, fard, qitʼa, marsiya, muvashshah, chiston janriga mansub sheʼrlar ham uchraydi.

Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniyning sheʼrlarida insondagi goʻzal maʼnaviy fazilatlar madh etilgan. U Bedil, Navoiy, Fuzuliy, kabi shoirlarning adabiy anʼanalarini davom ettirib, oʻzining komil inson borasidagi fikrlarini falsafiy mushohadalar, tasavvufiy qarashlar, diniy ehtiroslar pardasiga oʻrab bergan.

Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy musulmonchilik qonunqoidalarining qisqa majmui — «Muxtasar ulviqoya» masnaviysini «Mirʼot almuxtasar» nomi bilan tojik tilida sharhlagan. Taxm. 23 ming misradan iborat boʻlgan bu risola 26 bob — faslga boʻlinadi. Huquq mezonlari, axloqiytaʼlimiy qarashlar har bir faslda bayon shaklida berib borilgan. Asar oxirida kitobdagi arabcha soʻz va istiloxlarning lugʻaviy maʼnolariga izoh beruvchi soʻzlik ilova qilingan. Shuningdek, arab grammatikasiga oid «Risolai qofiya yo mirʼot unnahv» asarini yozgan. Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy devonlari nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. №4634) va Tojikiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. № 1899) da saklanadi.

As: Tanlangan asarlar, T., 1964.

Ad.: Oʻzbek adabiyoti tarixi [4 j. ], T., 1978.