SHAVQIY

SHAVQIY (taxallusi; asl ismsharifi Mulla Shamsi mulla Husan oʻgʻli) (1805 — qoz. Toʻraqoʻrgʻon tumani — 1889) — shoir, tarixchi. «Devon»ida oʻzbekfors tilidagi sheʼrlari jamlangan boʻlib, ularning asosiy qismini oʻzbek tilidagi sheʼrlari tashkil qiladi. Shavqiyning asarlari mumtoz sheʼriy janrlar: gʻazal, muxammas, masnaviylardan iborat. Shoir asarlari («Parishonlar», «Bir guli raʼno», ««Zebo», «Ishq sayli» va b.) ning asosiy mavzusi diniytasavvufiy va lirik mazmunda. Shu bilan birga devonda ijtimoiy va tarixiy mavzuga bagʻishlangan muxammas va masnaviylar ham uchraydi. Ularda chor Rossiyasining Turkistonni, xususan, Qoʻqon xonligini bosib olish voqealari sheʼriy misralarda tasvirlangan. Uning muborak haj ziyorati davomidagi taassurotlari aks etgan sheʼriy asarlari 20-a. boshlarida Toshkent litografiyalarida chop etilgan.

«Jomeʼ ulhavodis» («Hodisalar jamlanmasi»), «Jangnomai Xudoyorxon», «Tarixi Xoʻkand», «Pandnomai Xudoyorxon» kabi tarixiy dostonlari, asosan, 19-a. 2-yarmida Qoʻqon xonligida yuz bergan qipchokdar qoʻzgʻoloni voqealariga bagʻishlangan. Bu dostonlar Xudoyorxon davridagi ijtimoiysiyosiy voqealarni, turli tabaqa vakillarining oʻzaro munosabatlarini oʻrganishda ahamiyatlidir. Shavqiyning «Devoni Shavqiy», «Jomeʼ ulhavodis» asarlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida saqlanadi.