SYURREALIZM

SYURREALIZM (frans. surrealisme — oʻta realizm) — 20a,ning 10—20y. larida fransuz adabiyotida paydo boʻlib, tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, teatr, kino sogʻalariga, keyinchalik boshqa mamlakatlar (Belgiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, AQSH, Meksika, Yaponiya)ga ham tarqalgan avangardlik yoʻnalishi. Markiz de Sad, J. Nerval, shuningdek, A. Rembo, Lotreamondan A. Jarri, G. Apolliner va S. Reverdiga qadar boʻlgan yozuvchilar ijodi Syurrealizmning paydo boʻlishida manba vazifasini oʻtagan. Syurrealizm vakillari aqliy faoliyatdagi, hatto jamiyat xayotidagi shakllangan tizimni tubdan oʻzgartirish daʼvosi bilan chiqqanlar. Syurrealizmning yangi adabiy yoʻnalish sifatida maydonga kelishida «Litterature» («Adabiyot», 1919 —24) jurnali muhim rol oʻynadi. Bu jurnali atrofida birlashgan L. Aragon,L. Breton, F. Supo kabi yozuvchilar Syurrealizmga asos soldilar. Koʻp oʻtmay, ular davrasiga P. Elyuar, R. Desnos, A. Arto va b. kelib qoʻshilishdi.

Syurrealizm miyaga ilk bor kelib qolgan soʻz, nutq parchalari, turlituman xayollarning dastlabki, kutilmagan bir holatdagi ajabtovur shaklini har qanday ijodiy faoliyatning xamirturushi, asosi, deb eʼlon qilgan. Syurrealistik teatr (asoschisi A. Arto) va kinematografiyada qam ayrim sahna va kadrlarning birbiri bilan mantiqsiz bogʻlanishi va umuman aqlzakovat doirasidan chetga chiqish «haqiqiy reallik» sifatida tan olingan.

Dastlab syurrealistlarning turfa toʻgaragiga Syurrealizmning isyonkorlik ruxiga uchgan, tevarakatrofdagi dunyo tartibotini xush koʻrmagan, insonning jamiyatdagi xdyotida uchrab turadigan kiyinchiliklarni oʻrganish va bartaraf etish xayoli bilan yashagan yirik yozuvchilar xam aʼzo boʻlishgan. Syurrealizmning ijtimoiy tizimni kayta qurish xaqidagi niyati afsonavor uydirma ekanligini tushungan, Syurrealizm estetikasidagi badiiy asarga xos maʼnodorlik va yaxlitlikning bekor qilinganini koʻrgan katta isteʼdod egalari syurrealistlar safini tark etganlar. 30y. larning oxiriga kelib, mistikaga oshkora ravishda berilgan A. Breton boshchiligidagi ayrim shoirlargina Syurrealizmga sodiq boʻlib qoldilar va ular safi taklidchilar hisobiga kengaydi. 40y. larning boshlarida A. Breton, S. Dali, I. Tangi va b. ning muhojirlikka ketishi bilan Syurrealizmning markazi AQSHga koʻchdi. Fransiyada Syurrealizmni qayta tiklashga qaratilgan urinish Samara bermadi.

Syurrealizm adabiy-badiiy yoʻnalish sifatida oʻz umrini oʻtagan boʻlsada, uning gullagan davrida ishlab chiqilgan ayrim badiiy usul va vositalardan tasviriy sanʼat, teatr va kinodan tashqari, amaliy sanʼatda ham istifoda etilmoqda. Ad.: Andreyev L. G., Syurrealizm, M., 1972.

Naim Karimov.