SAARINEN

SAARINEN (Saarinen) Ero (1910.20.8, Rantasalmi, Finlyandiya — 1961.1.7, AQSH) — amerikalik meʼmor, Eliyel Saarinenning oʻgʻli. 1923-y. dan AQSHda yashagan. NyuXeyven (Konnektikut shtati)dagi Yelsk un-tining meʼmorlik ftini tugatgan (1934). Otasining oʻlimidan soʻng Uorren (Michigan shtati)dagi «Jeneral motore» kompaniyasi texnik markazining loyihasini tugatgan (1948 — 56, hamkorlikda). Asosiy loyihalari: Kembrijdagi Garvard un-ti kapellasi (1955), NyuYorkdagi Kennedi aeroportining TWA kompaniyasiga qarashli aerovokzali (1958) va b. S. ning meʼmorlik boʻyicha qilgan izlanishlaridagi ramziy obrazlilik 20-a. ning 60— 70y. laridagi AQSH meʼmorligi rivojiga taʼsir etdi.