SAAR-LOTARINGIYA KOʻMIR HAVZASI

SAAR-LOTARINGIYA KOʻMIR HAVZASI — GFR (Saar) va Fransiya (Lotaringiya) hududlarida joylashgan koʻmir havzasi. Kumir 19-a. boshidan qazib olinadi. Maydoni taxm. 7 ming km2. Koʻmir yuqori karbon davriga mansub, umumiy qalinligi 140 m gacha boʻlgan 550 dan ziyod qatlamdan iborat. Ulardan 50—100 ta qatlam (umumiy qalinligi 70—85 m) sanoat ahamiyatiga ega. Zaxiralari taxm. 10 mlrd. t. Qazib olinadigan zaxirasi taxm. 3 mlrd. t. Koks boʻladigan koʻmir qazib olinayotgan koʻmirning 43% ni tashkil etadi. Yonish issikligi 31,5— 35,7 MJ/kg. Yiliga 28 mln. t ga yaqin koʻmir qazib olinadi.