SAAR

SAAR — Germaniya yeri. Mamlakatning gʻarbiy qismida, Saar va Mozel daryolari havzasida. Fransiya va Lyuksemburg bilan chegaradosh. Mayd. 2570 km2. Aholisi 1,06 mln. kishi (2001). Maʼmuriy markazi — Saarbryukken sh. S. — mamlakatning sanoati rivojlangan yerlaridan. Iqtisodiy faol aholining yarmidan ortigʻi sanoatda band. Yetakchi sanoat tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, toshkoʻmir, k,. Caap-Lotaringiya kumir havzasi) va metallurgiya. Shuningdek, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika, poʻlat va nikel konstruksiyalar i. ch., toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati korxonalari ham mavjud. Qora metallurgiya sanoatining asosiy markazlari: Felklingen, Nyoynkirxen, Saarbryukken sh. lari. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatlari ham rivojlangan. Avtomobil, vagonsozlik, oynasozlik, shisha, keramika korxonalari bor. Isteʼmol mollari ishlab chiqariladi. Q. x. da donli, sabzavot va yem-xashak ekinlari ekiladi. Tokzorlar barpo qilingan. Chorvachilikda kramol, choʻchqa boqiladi.

Oʻtgan asrlarda Saar hududida faflik boʻlgan. 1815-y. dan Saar Prussiya (1871-y. dan Germaniya imperiyasi) tarkibida. 1919-y. da Millatlar Ligasi komissiyasi boshqaruvi ostiga oʻtgan. 1935-y. dan yana Germaniyaga qoʻshilgan. 2-jahon urushidan keyin S. Fransiyaning Germaniyadagi okkupatsiya zonasi edi. 1956-y. dagi Fransiya va Germaniya oʻrtasida imzolangan shartnomaga muvofiq, 1957-y. 1 yanv. dan yana Germaniya tarkibida.